“RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI” BOʻLIB OʻTDI

Milliy gvardiyaning Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda viloyat Qoʻriqlash boshqarmasi hamkorligida “Mening armiyam-mening faxrim” shiori ostida hududlarda qator vatanparvarlik tadbirlari oʻtkazib kelinmoqda. Yoshlar uchun tashkil etilgan navbatdagi tadbir Milliy gvardiyaning Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasida boʻlib oʻtdi.“Rahbar va yoshlar uchrashuvi” doirasida tashkil etilgan vatanpavarlik tadbiriga Samarqand imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktabi oʻquvchilari taklif etildi. Dastlab, oʻquvchilar bilan yaqindan suhbat uyushtirildi. Uchrashuvda soʻz olganlar har bir oʻgʻil-qiz kelajak vorisi sifatida vatan oldidagi burchini sitqi dildan ado etishi, buning uchun mamlakatimizda yoshlarga barcha imkoniyat eshiklari ochiq ekanligi, bu kabi imkoniyatlardan yoshlarimiz oqilona foydalanib, oʻqib, izlanib komil insonlar boʻlib ulgʻayishi lozimligi xususida toʻxtalib oʻtishdi.

Shundan soʻng, ishtirokchilar harbiylar uchun bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar, harbiy texnikalar va qurol-aslahalar hamda harbiylarning jangovor chiqishlari nmoyishini tomosha qilishdi. Harbiy texnik vositalar bilan yaqindan tanishish imkonini bergan ushbu koʻrgazma yoshlarda katta taassurot qoldirdi. Tanishuv jarayonida esa yoshlar mutaxassislardan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar olishdi. Tashkil etilgan sport musobaqalarida oʻquvchi yoshlar sportning kamondan otish, tennes, futbol hamda shashka-shaxmat kabi turlari boʻyicha oʻzaro bellashishdi.  Tadbir yakunida esa sport musobaqalarida faol ishtirok etgan bir guruh oʻquvchilar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi. Albatta, bu kabi tadbirlar yoshlarni kelajakda yurt koriga yaraydigan, vatanparvar, komil insonlar boʻlib ulgʻayishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Похожие записи

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован.