“Ochiq eshiklar kuni” targ‘ibot-tashviqot tadbiri

Samarqand imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb hunar maktabida Samarqand shaharidagi alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 62-sonli maktab internati hamda Qashqadaryo viloyati CHiroqchi tumani alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 19-sonli maktab internatining 9-sinf o‘quvchilarining kasbga moyilligini aniqlash bo‘yicha tashxislar o‘tkazish hamda natijalaridan kelib chiqib kasbga yo‘naltirish jarayonlarini sifatli tashkil etish,  kasb-hunar maktabida yaratilgan shart-sharoitlar, tayyorlanayotgan kasblar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “Ochiq eshiklar kuni” targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi. Har bir o‘quvchining qiziqishlari, tanlagan kasbi bo‘yicha fikrlari tinglandi. Kasb-hunar maktabida olib borilayotgan ta’lim-tarbiya jarayoni o‘quvchilar va ularning ota-onalarida ijobiy ta’surot qoldirdi.

Похожие записи

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован.