Xalqaro_hamkorlik

Xitoy xalq Respublikasining delegatsiyasi Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi. 2024-yil 26- aprel kuni Xitoyning Shinjon viloyati Urumchi shahar fan va texnologiyalar boshqarmasi kotibi Tszin Futsziyan boshchiligidagi delegatsiya Samarqand shahar kasb-hunar maktabida o‘quvchilarga yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi. Mehmonlar 37 ta kasb-hunar maktablari bitiruvchilarining 15 ta kasb bo‘yicha o‘tkazilayotgan KASB-MAHORATI tanlovining taqdimotida ishtirok etib, taqdimot muvaffaqiyatli o‘tganligini ta’kidladi. Mehmonlarda taqdimotdagi ilm-fan va ishlab chiqarishga oid yuqori texnologiyalar va innovatsiyalar, zamonaviy qurilish materiallari, axborot kommunikatsiya texnologiyalarga oid ixtirolar, tikuvchilk liboslar namoyishi mehmonlarda katta qiziqish uyg’otdi.

Похожие записи

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован.